Komiljon Toʻxtayev slalomdagi chiqishini amalga oshirdi

    Xitoy poytaxti Pekin shahrida 24-Qishki olimpiya oʻyinlarining oʻn ikkinchi kungi bahslari davom etmoqda.

    Hozirgina Oq Olimpiadadagi yagona vakilimiz Komiljon Toʻxtayev slalom bahslaridagi chiqishini amalga oshirdi. U 13-fevral kuni gigant slalomda 29-oʻrinni egallab, oʻz shaxsiy rekordini ancha yaxshilab olgan edi.

    Slalomdagi urinishi esa afsuski omadsiz tugadi. U finishga oz masofa qolganida xatolikka yoʻl qoʻydi va natijada diskvalifikatsiya oldi. Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasining 24-Qishki olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki yakunlandi.

    Manba