“Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Prezident qarori (PQ-236-son, 26.07.2023-y.) qabul qilindi

 Qarorga koʻra:

— 2023-yil 1-oktyabrdan Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Soliq qoʻmitasi va boshqa davlat organlari axborot tizimlaridagi munitsipal mulklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu tizimlarni oʻzaro integratsiya qilish orqali “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga yuklanadi.

— 2024-yil 1-yanvardan munitsipal mulklarning har biriga nisbatan samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari belgilanadi va ularning bajarilishi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati  tomonidan monitoring qilinadi.

— Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari hamda kichik sanoat zonalarida tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdorlari har yili 31-dekabrgacha bozor tamoyillari asosida belgilanadi. 

 2024-yil 1-yanvargacha kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari axborot tizimlarini “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga integratsiya qilish orqali muammolarni aniqlash va tezkor hal etish tizimi joriy qilinadi.