Turli nayranglarni qoʻllagan holda bojxona nazoratini chetlab oʻtishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, xorijiy aviareys bilan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqarolar K.A. va Yu.Z.larga tegishli boʻlgan yuklar skaner qurilmalari yordamida koʻzdan kechirildi.

Natijada, yuklar orasidagi karton qutidagi kompyuter keysida bojxona nazoratidan yashirish maqsadida uddaburonlik bilan joylashtirilgan, umumiy qiymati 100 million soʻmlik kompyuter ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.