Kema bortida 300 dan ortiq odam, shuningdek, yuk, jumladan sementli qoplar ham bo'lgan. Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, dedi Ekvator viloyati sog'liqni saqlash va gumanitar masalalar departamenti rahbari Didye Mbula.
Kema halokatgaga uchradi va shahar porti yaqinida cho'kib ketdi. Hodisaning dastlabki sababi navigatsiya qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog'liq: kemaga haddan tashqari ko'p yuk ortilgan, qolaversa u tunda harakatlanayotgan edi. Voqealarning aniq sabablariga oydinlik kiritilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.