Kongo Demokratik Respublikasi (KDR) sharqidagi koltan konida ko‘chki oqibatida 100 nafardan ortiq odam hayotdan ko‘z yumdi.
Milliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ko‘chki Shimoliy Kivu viloyatining Rubaya tumanida kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan.
Ko‘chki oqibatida 100 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi, ularning aksariyati koltan konchilari edi.
Vafot etganlar orasida oziq-ovqat sotuvchilari va savdogarlar ham bor edi.
Bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari o‘ta og‘ir sharoitlarda va oddiy vositalar yordamida olib borilmoqda.
Viloyat hokimiyati hali bu voqea bo‘yicha rasmiy bayonot bermadi.
30 yanvar kuni mamlakat sharqidagi Shimoliy Kivu viloyatining Masisi tumanidagi koltan konida sodir bo‘lgan o‘pirilish oqibatida 226 konchi halok bo‘lgan edi, deb xabar berdi aa.com.tr.