Hamyurtlarimiz 29-sentyabrdan 3-oktyabrgacha boʻlib oʻtadigan nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Eslatib oʻtamiz, konkurchilarimiz Millatlar ligasining Yevrosiyo mintaqasida oʻtgan saralashning barcha bahslarida yetakchilik qilib, final bosqichiga yoʻl olishgan edi. Dunyoning eng kuchli jamoalari qatorida bahs olib boradigan vakillarimizga boʻlajak bellashuvlarda omad tilaymiz, deyiladi Milliy olimpiya qoʻmitasi xabarida.