Tadbir doirasida:
- fuqarolarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etiladi;
- taniqli sanʼatkorlar ishtirokida gala-konsert, koʻngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtadi;
- sovrinli viktorinalar oʻtkaziladi;
- sayyor qabullar tashkil etiladi.
Toshkent shahridagi tadbir “Sayilgoh” koʻchasida 2023-yilning 5-dekabr kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar davom etadi.
Barcha yurtdoshlarimizni “Konstitutsiya koʻchasi”da oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!