Oʻzgartirishga koʻra, Oʻzbekistonda sud tizimi quyidagilardan iboratligi belgilandi:
● Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
● Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;
● harbiy sudlar;
● Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
● Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari;
● fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
● jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari;
● tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari;
● tumanlararo maʼmuriy sudlari.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.