Ularning aksariyati hozircha ijtimoiy tarmoqlarda bildirildi. Yanada aniqroq aytadigan boʻlsak takliflar Konstitutsiyamizning 13,15, 29, 37, 40, 41, 53, 78, 80-moddalari bilan bogʻliq. Xususan:

1. Insonning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi;

2. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga ega boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi;

3. Har kimning axborot resurslari, kommunikatsiya texnologiyalari va internetdan erkin foydalanish huquqiga egaligi;

4. Davlatning aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini ishga joylashtirish boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlash majburiyati;

5. Davlatning ishsizlik va kambagʻallikni tugatish uchun oʻzining barcha imkoniyatlaridan foydalanish majburiyati;

6. Har bir insonning sogʻlom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega boʻlish hamda oʻz sogʻligʻiga yoki mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga egaligi;

7. Davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda sharoitlarni taʼminlashi, iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi va boshqalar shular jumlasidandir.