Qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining 2021-yil, 9-dekabrda qabul qilingan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni asosida hududlarda aholini uy-joy bilan taʼminlash, ijtimoiy ishlab chiqarish, infratuzilmani yaxshilash va kompleks tarzda qurish maqsadida 29 ta massivlar tanlab olingan.
2022-2026-yillarda qariiyb 73 000 xonadonli 2100 dan orti koʻp qavatli uy-joylar qurish reja qilingan. Bunda 51 540 oʻrinli umumtaʼlim maktabi, 16 650 nafar bolaga moʻljallangan maktabgacha taʼlim tashkiloti, 2620 qatnovli tibbiyot muassasalari va boshqa obyektlarni qurish moʻljallangan. Bugungi kunda Dastur doirasida massivlardaqurilishi rejalashtirilgan koʻp qavatli uylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan. Bunda 7 ta tipda 5,7, 9, 12 va 16 qavatli uylar qurish koʻzda tutilmoqda. Mazkur qurilish ishlarida hududlarning tabiiy-iqlim sharoitiga alohida eʼtibor berilmoqda. Massivlarda daraxt ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga birlamchi masala deb qaralmoqda.
Koʻp qavatli uylarning yarim yertoʻlalarida yashash joylarini tashkil qilish hamda xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish boʻyicha bir qator talablar belgilangan. Bular albatta, xorijiy amaliyot, davlat standarti va sanitariya normalari asosida ishlab chiqilgan.
Yangi qurilayotgan turar joy binolarining yarim yertoʻla yaʼni, (sokol) qavatlarida quyidagi holatlarda yashash xonalarini joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
- yerosti suvlari yer sathidan Z m dan pastda boʻlganda;
- yarim yertoʻla (sokol) ning kamida uchdan-bir qismi yer ustida boʻlganda;
- xonalarini poldan shiftgacha balandligi 2,4 m dan kam boʻlmaganda;
- muhandislik tizimlar yashash xonalarini inobatga olgan holda joylashtirilganda;
- tashqi devorlari va pollarida issiqlik himoyasi taʼminlanganda;
- 0331-16-son Sanitariya normalari talablari bajarilganda;
- xonalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiquvchi derazalar boʻlganda;
- tabiiy yorugʻlik va insolyatsiya darajasi 2 soatdan kam boʻlmaganda;
- havoning yaxshi aylanishi taʼminlanganda;
- yashash xonadonlaridan evakuatsiya talablari bajarilganda;
- taom tayyorlash uchun elektr plitalardan foydalanilganda, yaʼni tabiiy yoki suyultirilgan gazlardan, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyukliklardan foydalanilmaganda, va boshqa talablar mavjud boʻlganda belgilangan yarim yertoʻlalalar maqsadli foydalanishga ruxsat beriladi.