Mazkur matbuot anjumanini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholiga huquqiy axborot yetkazish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish, bu boradagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini yanada oshirishdan iborat.
Tadbirda loyihalar haqida keng jamoatchilikka batafsil ma’lumotlar berildi. Unda:
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining faoliyati, bugungi kunda Lex.uz saytining dunyo bo‘ylab keng qamrovi, normativ hujjatlarning yangilanishi, platformaga o‘zbek tilida hujjatlar joylashtirilgani bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma’lumotlar taqdim etuvchi “Huquqiy axborot” rasmiy telegram kanali faoliyati hamda huquqiy axborotni yetkazishdagi boshqa innovatsion loyihalar, rasmiy, yuridik va boshqa nashrlar hamda huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ishlari;
Bolalar va yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tayyorlangan 14 ta o‘yin loyihalari va aholiga huquqiy axborotni media mahsulotlari orqali tarqatish usullari;
rasmiy, yuridik va boshqa nashrlar hamda huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va marketing yo‘nalishida olib borilgan samarali ishlar;
“Inson va Qonun” gazetasi hamda “Huquq va Burch” jurnali birlashgan tahririyatining faoliyatiga oid ma’lumotlar;
qonunchilik hujjatlari bilan chet tillarida tanishish imkoniyatini yaratish, xorijiy aloqalar sohalarini isloh qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda raqamlashtirish yo‘nalishi doirasida Lex.uz da hujjatlar bilan ishlash va ular bilan tanishishda sezilarli qulayliklar yaratilganligi, xususan, huquq sohasida sun’iy intellekt xizmatini taqdim etuvchi “LexAI” platformasi ishga tushirilganligi, ushbu platformada huquqiy masalalarga javob beradigan yordamchi chat-bot joriy etilganiga oid ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, zamonaviy raqamli xizmatlar va axborot tizimlarini rivojlantirish borasidagi yangiliklar taqdim etildi, mavjud muammolar muhokama qilindi.