Muloqotda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston-Janubiy Koreya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Koreya Respublikasining “Yangi Shimoliy siyosat” dasturi Yevroosiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, u Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan mintaqaviy strategiya bilan hamohang ekanligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuvda strategik sheriklikni kengaytirish, jumladan, Erkin savdo toʻgʻrisidagi bitimni tuzish boʻyicha muzokaralarni jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.