Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida ish faoliyatini boshlayotgan vatandoshlar va ish beruvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari Ye-9 vizasi asosida ish faoliyatini boshlayotgan vatandoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etdi.

    Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi jarayonlari, vakolatxona tomonidan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

    Shu bilan birga, fuqarolarga qonuniy tarzda bir ish beruvchi bilan ish joyini o‘zgartirmasdan uzoq muddatli mehnat munosabatlarida bo‘lishning afzalliklari tushuntirildi.

    Bundan tashqari, fuqarolarimiz tomonidan kelgusida ish jarayoni bilan bog‘liq masalalar hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi faoliyatiga doir berilgan savollarga javob berildi.