Ular o‘z izlanishlarida Xitoyning Kun Ming tibbiyot universiteti talabasi Li Xu tomonidan yozilgan magistrlik ishiga tayanib, xitoylik konchilar orasida kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan pnevmoniyaning oltita holatini tasvirlaydi.

Ta'kidlanishicha, ularda qayd etilgan barcha alomatlar COVID-19 ga juda mos keladi. Bu alomatlar bilan konchilarning uchtasi vafot etadi.

"Birinchidan, konchilar organizmidagi RaTG13 virusi SARS-CoV-2ga juda o‘xshash, odam organizmiga moslashuvchan patogenli noodatiy koronavirus deb tahmin qilamiz. Ikkinchidan, Shi laboratoriyasida konchilardan olingan tibbiy namunalar ishlatilgan", deydi tadqiqotchilar.

Ularning ta'kidlashicha, inson tomonidan moslashtirilgan ushbu virus 2019 yili Uxan laboratoriyasidan “qochib ketgan”.