Koronavirus aniqlovchi mikrochip yaratildi

    “Daily Mail” xabariga koʻra, AQSH Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa boʻyicha ilgʻor tadqiqot loyihalari agentligi vakillari koronavirusni aniqlovchi mikrochip yaratdi. 

    Toʻqimaga oʻxshash gel koʻrinishidagi chip teri ostiga oʻrnatiladi. U qonni doimiy ravishda nazorat qiladi.

    Armiya shifokori, isteʼfodagi polkovnik Mett Xepbyornning aytishicha, teri ostidagi mikrochip agar tanadagi kimyoviy jarayon haqida signal bersa, demak koronavirusning dastlabki alomatlari paydo boʻlgan.

    Uning soʻzlariga koʻra, virus natijalari mikrochip qonga tushganidan soʻng uch-besh daqiqada ichida olinadi. Shu tariqa mikrochip tashxis qoʻyish muddatini qisqarishiga va davolanish samaradorligini oshirishga yordam beradi.