Koronavirus asoratida bosh miyada tromb hosil bo'lsa davolash mumkinmi?

    Sevara Ubaydullaeva - Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi:

    Koronavirus infektsiyasi qon tomirlarni jarohatlashi va shu kabi asoratlar qoldirishi tasdiqlangan. Bosh miyada tromb hosil bo'lgan bo'lsa bemorning holatini to'liq o'rganish kerak.

    Bu o'ta xavfli bo'lib, to'satdan tromb qon tomirlar yorilishini keltirib chiqarishi va bosh miyaga qon quyulishiga olib kelishi mumkin.

    Shu bois, bunday bemorlarga tez va kuchli harakatlar bajarish taqiqlanadi. Nevropatolog, kardiolog nazoratida bo'lib, tegishli tekshiruvlardan o'tish hamda davo choralarini olish zarur.