Koronavirus endi yangi alomatlar bilan namoyon boʻlmoqda

    Salomatlik 19 Iyul 2022 3652

    Ayni paytda tomoq va bosh ogʻrigʻi hamda burun bitishi yangi mutatsiyalarning yetakchi alomatlari sifatida namoyon boʻlayotganini qayd etdi.

    Bu haqida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maxsus vakili Devid Nabarro maʼlum qildi.

    Endi isitma yoki hid va taʼm bilish qobiliyatining yoʻqolishi koronavirus infeksiyasiga xos asosiy belgilar emas.

    “Hozir SOVID-19 juda “aqlli” virusga aylanmoqda. Shu sababli unda inson immunitetiga “chap berish” xususiyati rivojlanyapti. Bu esa kasallanishlar soni ortishiga xizmat qilyapti”.

    Shunga qaramay, mutaxassislar koronavirusga qarshi vaksinalar yangi mutatsiyalarning bemorlarda yengil va asoratsiz oʻtishini taʼminlaydi, degan fikrda.