Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlarda aniqlanishicha, epidemik vaziyat iyul, avgust va sentyabr oylarida murakkablashgan vaqtlarda ham ushbu muassasalarda tekshirilgan fuqarolardan koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi SET va JC boshqarmasi virusologiya laboratoriyasida 2022-yilning yanvar-fevral oylarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan 2 nafar fuqaro 1 kun ichida koronavirus infeksiyasiga hususiy tibbiyot muassasalari boʻlgan “DAULET FARM UZI” MCHJga 1 nafar va “SALIM MED LINE” MCHJga 1 nafar fuqaro tekshirilib, koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan degan manfiy natija bilan qoʻshni chet Davlatlariga chiqib ketishgan.

Vaholanki, ushbu hususiy tibbiyot muassasalari masʼuliyatsizligi tufayli infeksiya manbayining qoʻshni davlatlarga chiqib ketishiga sabab boʻlgan.

Koronavirus infeksiyasiga fuqarolardan olingan laboratoriya tekshirish namunalarining PSR uslubida tekshirilganligi boʻyicha bayonnomalarning qogʻoz yoki elektron shakli saqlanib qolinmagan,

2021-2022-yillar davomida koronavirus infeksiyasiga tekshirilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlar boʻyicha 175 nafar fuqaroga tekshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 2 soatdan kam vaqt ichida berilgan, shundan 82 nafar fuqaroga analiz topshirgan vaqtdan shu zahoti, qolgan fuqarolarga 5, 10, 30 daqiqagacha boʻlgan vaqtda maʼlumotlar berilgan. coronavirus-test.ssy.uz elektron bazasiga ayrim fuqarolarning ismi-sharifi xaqidagi maʼlumotlar SCS SCS, SD SES, XXX XXX XXX belgilari bilan kiritilgan.

Ushbu laboratoriyalarning coronavirus-test.ssy.uz elektron bazasidagi ish faoliyatlari tugatildi.

Bu haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi, OAV va Jamoatchilik bilan ishlash boʻlimi xabar bermoqda.