1. koronavirus infeksiyasining yengil shakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz oʻtayotgan) bemorlar;

2. koronavirus infeksiyasi oʻrtacha ogʻir kechayotgan (tana harorati koʻtarilayotgan) bemorlar;

3. koronavirus infeksiyasi ogʻir kechayotgan bemorlar.

Shu munosabat bilan joriy yil 5-iyul sanasidan boshlab koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bogʻliq quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tartib joriy etilmoqda:

- kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud boʻlganda, uy sharoitida davolanishiga ruxsat etiladi;

- shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etiladi;

- koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bilan birlamchi muloqotda boʻlganlarni 14 kunlik karantin muddatini uy sharoitida yoki tasdiqlangan roʻyxatga asosan mehmonxonalarda barcha sanitariya-epidemiologiya va karantin cheklovlariga rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibi ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi.