Koronavirus infeksiyasining qaysi shtammi eng xavfli hisoblanadi?

    Salomatlik 26 Aprel 2021 725

    AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva koronavirus infeksiyasi va unga qarshi vaksinatsiya borasidagi savollarga javob berdi.

    Koronavirus infeksiyasi boʻyicha maʼlumotlar doimiy ravishda oʻzgarib tursada, bugungi kunda AQSH, Xitoy, Rossiya va Yevropa davlatlari maʼlumotlarga koʻra, dunyoda aniqlangan va tasdiqlanib kelayotgan koronavirus infeksiyasining shtammlari ichida birlamchi paydo boʻlgan koronavirusga nisbatan turli xil, yaʼni tezroq tarqaluvchi yoki ogʻirroq kechuvchi xussusiyatlarga ega boʻlgan shtammlari mavjudligi yoritilmoqda.

    Oxirgi tadqiqotlar natijasida “afrikancha” shtamm eng xavfli deb tan olingan, chunki bu shtamm gumoral immunitetga qarshi tura oladi va unga qarshi davolashning taʼsiri pastroq. Bu shtamm bilan kasallanganlarda koronavirus infeksiyasi ogʻir va oʻta ogʻir darajada oʻtadi.

    Lekin, shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, bu shtamm birlamchi koronavirusga va britancha shtammga nisbatan sekin tarqaluvchandir. Shu xusussiyati bilan uni uchrashi kamroqdir.

    Bu esa, oʻz oʻrnida kasallikni bu kabi shtammlaridan oʻzimizni himoyalashimiz va doimiy ravishda karantin qoidalariga rioya qilishimiz kerak, bunda doimiy niqoblarni taqish, ijtimoiy masofani saqlash va qoʻllarni antiseptiklar bilan ishlov berib turish kerakdir.