Donald Tramp maʼmuriyati haddan tashqari optimistik prognozlar va ishonchsiz statistikani hisobga olgan holda xatoga yoʻl qoʻydi, deb yozadi gazeta. Rasmiylar aprel oyida xuddi Italiyada boʻlgani kabi mamlakatda epidemiya kamayadi, degan prognozlariga tayanishdi. Biroq, bu sodir boʻlmadi.
Ikkinchi xato: pandemiyaga qarshi kurashni alohida shtatlar hokimiyatiga topshirishga urinish boʻldi. Bu qaror, bir tomondan kuchni imkon qadar shtatlarda toʻplash va shu bilan Vashingtondan olib chiqishni istagan Respublikachilar partiyasining siyosiy qarashlariga mos edi.
Boshqa tomondan, bu koronavirusga qarshi kurash uchun javobgarlikni olib tashlashga urinish edi. Bu holat federal hokimiyat tomonidan qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlash mumkin boʻlgan shtatlar uchun rejalarni ishlab chiqishda namoyon boʻldi, deb hisoblaydi mualliflar.
Biroq, cheklovlarni yumshatish uchun shartlar majburiy emas edi. Shu sababli, Texas yoki Arizona kabi shtatlar barcha shartlar bajarilgunga qadar karantinni bekor qildi. Natijada, kasallikning pasayishi haqidagi bashoratlar amalga oshmadi va pandemiya yangi kuch bilan mamlakatga zarba berdi. Har kuni AQSHda 60 mingga yaqin infeksiya qayd etiladi.
Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Qoʻshma Shtatlarda 3,9 millionta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, 142 ming nafardan ortiq odam vafot etgan.