ehtimol, hamma narsa siz o'ylaganchalik emasdir, deb yozadi Norvegiyaning mashhur ilmiy nashri Forskning.
Har kuni dunyoda taxminan 150 ming kishi vafot etadi. Ularning 50 mingga yaqini yurak-qon tomir kasalliklari, 25 mingdan ortig'i saratondan ko'z yumadi. Kuniga COVID — 19 dan o'layotgan 4 ming kishidan tashqari qolgan 75 ming kishining o'limiga nima sabab bo'lishi mumkin?
Sil kasalligi urushdan ko'ra xavfliroqdir
Bilasizmi, siz ommaviy axborot vositalari orqali doim eshitadigan urushlar va mojarolar, terrorizm va tabiiy ofatlar tufayli dunyoda juda kam odam nobud bo'ladi. Masalan, tabiiy ofatlar tufayli kuniga atigi 25 kishi hayotdan ko'z yumadi. Terrorizm har kuni taxminan 70 kishining hayotiga zomin bo'ladi. Urush va mojarolar o'rtacha 350 kishining hayotiga nuqta qo'ymoqda.
O'limning bunday sabablarini bartaraf etish uchun ko'p ish qilish mumkin. SHu bois, insoniyat urush, terrorga qarshi kurash va jamiyatni tabiiy ofatlarga tayyorlashga katta mablag' sarflaydi. Kurashish mumkin bo'lgan yana to'rtta o'lim sababi bor — bu sil kasalligi (kuniga 3 mingdan ortiq o'lim), OIV / OITS (taxminan 2,6 ming), o'z joniga qasd qilish (taxminan 2,2 ming) va bezgak (1,7 ming) kasalliklaridir.
Turli sabablarga ko'ra kasalliklarning bu to'rtta jiddiy oqibatiga OAVda unchalik ahamiyat berilmaydi, ammo u urush, terrorizm va tabiiy ofatlardan ko'ra ko'proq kishini hayotdan olib ketadi.
Koronavirus haqida nima deyish mumkin?
Koronavirus pandemiyasi tufayli infektsiyaning tarqalishini sekinlashtirish va o'lim sonini kamaytirish maqadida dunyoning ko'p qismi yopildi. Norvegiyada shuningdek, dunyoning ko'pgina mamlakatlarida vafot etganlar soniga katta e'tibor qaratilmoqda. Worldometer (Butundunyo statistika tashkiloti) ma'lumotiga ko'ra may oyida COVID — 19 kasalligi har kuni 3,5 dan 6,5 minggacha odamning hayotiga zomin bo'ldi. SHu bilan birga, Norvegiya va boshqa ko'plab davlatlar hayratlanarli xulosaga keldilar: umuman olganda, koronavirus epidemiyasi paytida dunyo bo'yicha boshqa sabablar bilan yuz beradigan o'limlar soni bir muncha kamaydi.
Dementsia (kasallik) va koronavirusdan vafot etish darajasi bir xil
Dunyo bo'ylab koronavirusdan vafot etganlar soni, ehtimol, boshqa nafas olish kasalliklari, shu jumladan pnevmoniya, bronxit va odatdagi mavsumiy grippdan vafot etganlarga qaraganda kamroq.
Ko'plab keksa odamlar COVID — 19 da bo'lgani singari har kuni dementsiadan vafot etishadi. Norvegiyada dementsia koronavirusdan ko'ra ko'proq odamni hayotdan olib ketadi.
Agar hozir global inqiroz paytida e'lon qilinayotgan ma'lumotlarning miqyosini tushunmoqchi bo'lsangiz, ular kelajakda nazar tashlashga arziydi.
YUqorida keltirib o'tilgan turli kasalliklardan o'lim darajasi Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti Our World in Data («Nash mir v faktax») nashridan olindi. U, o'z navbatida, sog'liqni saqlash sohasidagi yirik global loyiha Global Burden of Disease (KGYU, Kasallikning global yuki”) natijasida olingan raqamlarga asoslanadi. Koronavirus haqidagi ma'lumotlar bundan mustasno, asosan 2017 yilda kasalliklardan o'lim darajasi qiyos qilingan.
YUqumli kasalliklar kamroq odam vafot etadi
Agar biz bundan 30 yil oldin, o'tmishga nazar tashlasak, dunyodagi barcha o'limlarning uchdan bir qismi — sil, OIV / OITS va bezgak kabi yuqumli kasalliklar tufayli yuzaga kelgani, shuningdek, bolalar o'limi yuqori ekani va ayollar ko'pincha tug'ruq paytida hayotdan ko'z yumganiga guvoh bo'lamiz. SHuningdek, ko'p odamlar to'yib ovqatlanmaslikdan vafot etgan.
Bugungi kunda dunyoda ushbu sabablarga ko'ra o'lim holatlari 1990 yilga nisbatan deyarli ikki baravar kamaydi. Ammo shunga qaramay, hozirgi paytda ham juda ko'p odamlar shu sabablar tufayli hayotdan ko'z yummoqda.
Dunyodagi barcha o'limlarning to'rtdan uch qismi hozirgi paytda yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, surunkali o'pka va diabet kabi yuqumli bo'lmagan kasalliklar bilan bog'liq.
Bolalar o'limi hali ham ko'p uchramoqda
2017 yilda dunyoda vafot etganlarning deyarli yarmini 70 yoshdan oshganlar tashkil etgandi. Bugungi kunga kelib odamlarning umr davomiyligi ortib borayotganini kuzatish mumkin.
Aytish mumkinki, 1990 yildan beri bolalar o'limi ikki baravar kamaydi. Keyinroq bolalar o'limi dunyodagi o'limlar sonining to'rtdan birini tashkil qildi. Biroq, bugungi kunga qadar dunyodagi ko'plab bolalar besh yoshga to'lmasdan hayotni erta tark etishmoqda. 2017 yilda dunyodagi barcha o'limlarning deyarli 10 foizini besh yoshdan kichik bolalar o'limi tashkil etgandi.