Ushbu “monitoring tizimi” datchiklari tana harorati, qonning kislorod bilan toʻyinganlik darajasi (saturatsiya), arterial bosim hamda yurak urishini kuzatib boradi. Toʻplangan maʼlumotlar asosida foydalanuvchi koronavirusga chalingan-chalinmaganini bilib oladi.

Tizim polimer material bilan qoplangan sensorlardan iborat — ular odatda bolalar uchun oʻyinchoqlar yasashda qoʻllaniladi. Datchiklar oʻrnatiluvchi materallar egiluvchan va suv oʻtkazmaydi. Tizimda maʼlumotlarni real vaqt tartibida smartfondagi ilovaga uzatib turuvchi Bluetooth qurilma ham oʻrnatilgan.

Tizimni istalgan turdagi (bir martalik va koʻp martalik) niqobga oʻrnatsa boʻladi, chiplarni istalgan paytda yechib olib, niqobni yuvib qayta foydalanish mumkin.
Sentyabr oyi oxirlarida tizim klinik sinovlardan oʻtkaziladi, sinov yaxshi oʻtsa, uni tijoriy foydalanishga chiqarish rejalashtirilgan.

Narxi: laboratoriya sharoitida bitta tizim yaratish 50 singapur dollari (36,5 AQSH dollari)ga tushishi aytilmoqda. Keng koʻlamli yoʻlga qoʻyilsa narxi 20 singapur dollari (14,6 AQSH dollari)ga tushishi mumkin ekan.