Koronavirus suv yo'llari orqali ham kirib kelishi mumkin

    Xavfsizlik 12 May 2020 1060

    biroq bu holat insonga va ekotizimga xavf solmaydi

    Italiyalik shifokorlar Milan kanalizatsiyalari orqali koronavirus tarqalishini kuzatdi va virus mamlakatga daryo, ko'l va boshqa suv havzalari orqali kirib kelishi mumkin, degan xulosaga keldi.

    Biroq o'tkazilgan laboratoriya tadqiqotlariga ko'ra, bu holat insonga va tabiat ekotizimiga xavf solmaydi. Olimlar Italiyaning shimolida infektsiya tashuvchilarning katta qismini hisobga olib, Milan kanalizatsiyalarida ko'plab virus zarralarini aniqlashdi.

    Olimlarning urinishlariga qaramay, hatto qancha ko'p iflos suvni qo'llashmasin, o'stirilayotgan hujayralarni viruslar bilan zararlay olishmadi.

    SHifokorlarning taxminicha, virus zarralari suvga tushganda uzoq vaqt hayotiyligi saqlanib qolmaydi — 7-13 soat davomida nobud bo'ladi. O'z navbatida, suvga xlor aralashtirish bilan tarkibidagi Covid-19 ning barcha nasliy izlari to'la tozalandi.