Ilmiy ish natijalari “Anesthesia and Analgesia” jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda koronavirusning turli darajadagi alomatlari bilan shifoxonada davolanayotgan 412 nafar bemor qatnashdi. 314 kishi aspirin qabul qilishmadi, qolgan 98 nafari esa shifoxonaga tushgandan soʻng yoki shifoxonaga yotishdan 7 kun oldin 24 soat davomida isitma tushiruvchi dori ichishdi. Olimlar aspirinning oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatiga ehtiyoji, reanimatsiya va oʻlim darajasiga taʼsirini tahlil qilishdi.

Buni qarangki, aspirin qabul qilgan guruhdagi bemorlarning 35,7 foizi oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish apparatiga ehtiyoj sezishgan. Preparatni qabul qilmaganlarning esa 48,4 foizi ushbu apparatdan foydalanishga majbur boʻlishgan. Shuningdek, aspirin reanimatsiyaga zaruratni 12,2 foizga kamaytirgan. Tashqi omillarga moslashgandan soʻng tadqiqotchilar aspirin qabul qilish bilan shifoxonada oʻlim darajasi va ogʻirlar alomatlar rivojlanish ehtimoli oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlashdi.

Biroq olimlarning taʼkidlashicha, COVID-19 bemorlarida aspirin qabul qilish bilan oʻpkaning shikastlanishi va oʻlim koʻrsatkichi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrnatish uchun randomizatsiyalangan nazorat tekshiruvini oʻtkazish kerak.