Bundan avval 76 yoshli (erkak) ushbu bemor uzoq yillar davomida gepatit, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak etishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.
31 may kuni bemorning ahvoli og'irlashib, reanimatsiya bo'limiga o'tkazilgan.
SHu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsul`tatsiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o'tkazilib, doimiy nazorati ta'minlangan.
Biroq ko'rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun'iy nafas olish apparatida bo'lgan bemor o'tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.
Ayni paytda marhumning turmush o'rtog'i, farzandi va nabiralarida ham “Covid-19” infektsiyasi tasdiqlangan. Ularga shifokorlarimiz tomonidan davo muolajalari ko'rsatilmoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.