Qayd etilishicha, SOVID-19 profilaktikasida qoʼllanilayotgan vaktsinalar xastalik ogʼir oʼtishi, gospitalizatsiya hamda oʼlim holatlarining oldini olishda ishonchli taʼsirga ega. 

Faqat maksimal samaradorlikka erishish uchun toʼliq bosqichda va buster dozada emlanish zarur. 

Bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami, yaʼni:

- 60 yoshdan oshganlar,

- surunkali kasalliklarga chalinganlar,

- immuniteti zaif bemorlar,

- homilador ayollar,

- tibbiyot xodimlari amal qilishlari kerak.

 Oʼz navbatida, JSST masʼuli baʼzi ommaviy axborot vositalarida buster doza keksa yoshli kishilarda insulьt xavfini keltirib chiqarishi toʼgʼrisidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini taʼkidladi. 

“Oʼrganishlarimiz davomida mazkur holatlar oʼz tasdigʼini topmadi. Qolaversa, tashkilotga bu borada hech qanday eʼtiroz, shikoyat va shubhali holatlar boʼyicha maʼlumotlar ham kelib tushmagan” — deydi ekspert. 

Doktor Keyt OBrayen koronavirusning yangi mutatsiyalari keng tarqalayotgan hozirgi sharoitda kuchaytiruvchi dozada emlanish pandemiyaning navbatdagi kuchli toʼlqinlariga qarshi mustahkam toʼsiq boʼlishini taʼkidladi.