“U amalda o'pkagacha yetib bormaydi, u broxolitga borib to'xtaydi. Men Omikrondagi bronxolit Deltadagi pnevmoniyaga qaraganda yaxshi deya olmayman. Biroq bu nisabatan yengilroq kasallik hisoblanadi”, deydi shifokor.
“Unda hid yo'qolishi kamdan-kam holatlarda uchraydi. Deltada esa bu keng tarqalgan alomatlardan edi. Odamlar hid bilish qobiliyatini yo'qotib qo'yganidan so'ng kasallikka chalinganligini anglab, tahlil topshirgani borishardi. Omikronda esa bu kamyob holat”, deya ta'kidladi shifokor.
U koronavirusning shtammlari qanday alomatlar bilan namoyon bo'lmasin, eng yaxshi himoya — vaksinatsiya ekanini qo'shimcha qildi, deb yozadi korrespondent.net.