“Genoxyn” nomi berilgan sprey professor Shexime Gyulsyun Temel va doktorlar — Axmet Yumit Sabanji va Gyuneyt Ozakin tomonidan tayyorlandi.
Ularning aytishicha, tadqiqotlar davomida mazkur malham ogʻiz va burun toʻqimalaridagi virusni yoʻq qilgan. Bu esa infeksiya tarqalishiga toʻsiq boʻlib, uning sonini kamaytirgan.
Professor Temel Genoxyn shilliq pardaning epitelial toʻqimasiga mutlaqo zararsiz ekanligi, aksincha, bu borada ham shifobaxsh xususiyatga ega ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Preparat nanotexnologiyalar yordamida takomillashtirilgandan soʻng, uning samarasi yana-da barqarorlik kasb etgan hamda maʼlum molekulalarga uzoq muddatli taʼsir koʻrsatishni boshlagan. Turk olimlarining aytishicha, sprey nafaqat “Covid-19”, balki turli bakteriyalar va teri kasalliklarini davolashda ham yuqori samaradorlik koʻrsatyapti.