Haqiqatan ham delta shtammi genotipi virusning tez tarqalishi hamda kasallikning ogʻir kechishidan dalolat bermoqda. Yangi shtammning inkubatsion davrida oʻzgarish kuzatilmoqda — u yana-da qisqaroq davom etyapti, aksincha kasallikning kechish davri uzaydi”, deydi Gorelov.
Shuningdek, mutaxassis koronavirusning boshqa shtammlarining qanday kechishi odamning virusdan qanchalik zarar koʻrgani hamda uni yuqtirishdan avval immuniteti qanday boʻlganiga ham bogʻliq ekanini qayd etdi.
Shu bilan birga, Gorelov COVID-19ga qarshi oʻz vaqtida vaksina olish kasallikdan himoyalanishning muhim chorasi ekanini ham taʼkidladi.