Maʼlum boʻlishicha, 3CLpro deb nomlanuvchi 3Cga oʻxshash proteaz SARS-CoV-2 rivojlanishidagi asosiy ferment hisoblanadi. Olimlar MERS koronavirusini yuqtirgan laboratoriya sichqonlarida proteaz ingibitorlarini qoʻlladilar. Natijada, yuqumli kasallikning zaif nuqtasiga qaratilgan terapevtik vosita virus rivojlanishini toʻxtatdi.

Tadqiqotchilarning soʻzlariga koʻra, ular qoʻllagan dori vositasi nafaqat koronavirusning MERS turini, balki MERS-CoV va SARS-CoV-2 turlarini ham bloklaydi. Ushbu tadqiqot ishi Cocrystal Pharma kompaniyasi tomonidan roʻyxatga olindi va patentlandi. Mutaxassislarning aytishicha, tez orada sinovlar aholi oʻrtasida ham oʻtkaziladi.