Ko‘pincha alomatlar virus yo‘qolmaguncha paydo bo‘lmaydi. Biroq "simptomsiz" deb hisoblangan ko‘p bemorlarda kasallik yashirin davrda bo‘lishi, alomatlar esa sekin-asta rivojlanishi mumkin.
Bunday bemorlarda kompyuter tomografiyasi virusli pnevmoniyani aniqlaydi, bemorning ahvoli esa kutilmaganda og‘irlashishi mumkin.
"Simptomsiz" bemorlar atrofdagilarga virus yuqtirishda nechog‘li xavfli?
"Yashirin" bemorlar, "simptomsiz" virus tashuvchilari ko‘p hollarda yon-atrofdagilar uchun infektsiya manbai bo‘lib qoladi.
Bunga sabab — inson o‘zini tetik his qilishi natijasida tekshiruv natijalari olingunga qadar faol hayot tarzi bilan yashashda davom etadi. Bunday hollarda ko‘pincha karantin qoidalariga rioya qilish tavsiyalari buziladi.