Koronavirusning yangi alomati aytildi

    Salomatlik 18 Oktabr 2020 674

    Mutaxassislarning aniqlashicha, COVID-19 aniqlangan qator bemorlar bunga qadar tinnitus – quloqlardagi shovqin va jaranglashdan shikoyat qilishgan.

    Eshitish qobiliyatining o'zgarishi koronavirus yuqtirib olganlikdan darak berishi mumkin. Bu haqda “Express” nashri London universiteti kolleji va Qirollik milliy qo'mitasi olimlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

    Mutaxassislarning aniqlashicha, COVID-19 aniqlangan qator bemorlar bunga qadar tinnitus – quloqlardagi shovqin va jaranglashdan shikoyat qilishgan. Bundan tashqari, koronavirusning og'ir shakli bilan kasallanib tuzalib ketgan bemorlarda bu alomat keyinchalik eshitish qobiliyatining to'liq yo'qolishiga olib kelgan.

    Shu munosabat bilan olimlar shifokorlarni bemorlarning har qanday eshitish qobiliyati o'zgarishiga e'tibor qaratishga chaqirishgan.

    Shu bilan birga olimlar tinnitus boshqa kasalliklarning ham belgisi bo'lishi mumkinligini ta'kidlashgan. Agar kishi aynan koronavirus bilan kasallangan bo'lsa, hoynahoy, eshitish qobiliyati buzilishi boshqa, ko'p tarqalgan alomatlar bilan kechishi mumkin.