Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganilganda, J.M. 2022-yil 25-dekabr sanasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon hududiy filialining kadrlar bo‘limida inspektor sifatida ish boshlaganligi aniqlandi.

U 2023-yil 7-yanvar kuni soat 13:00lar atrofida Andijon shahrining Soy mahallasi hududidagi dorixona oldida fuqaroni ishga olib kirib qo‘yish evaziga undan 400 AQSH dollarini olayotgan paytda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Hozir mazkur voqea yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Vazirlik tomonidan ushbu holat o‘rganilib, e’tiborsizligi oqibatida korrupsiyaviy holat sodir etilishiga sharoit yaratib bergani, muassasa xodimlari o‘rtasida yetarlicha tushuntirish ishlarini olib bormagani uchun Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali direktori I. A. va kadrlar bo‘limi boshlig‘i E.X. egallab turgan lavozimidan ozod etildi.