Jinoyat kodeksi loyihasida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq taʼrif berilmoqda va 15 turdagi jinoyatlar bu toifaga kiritilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov xabar berdi.
Muhim oʻzgarish sifatida korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirilmoqda.
Endilikda, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilish yoki firibgarlik jinoyatlarini mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish qilmishlari uchun 10 yilgacha (ilgari 5 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilmoqda.
Shuningdek, pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jiyanotlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
Eng asosiysi, poraxoʻrlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi va jazo yengilrogʻi bilan almashtirilmasligi va boshqa qator dolzarb oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.