Fuqaroning ushbu noqonuniy talabi oliy taʼlim muassasasi tomonidan qondirilmagach, fuqaro M.S. takroran qoʻngʻiroq qilib, ushbu vaziyatni zudlik bilan ijobiy hal qilishni, aks holda masʼullar Toshkent shahriga chaqirtirilishi bilan tahdid qiladi.
Joriy yilning 29-yanvar kuni mazkur holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat kelib tushdi hamda fuqaro M.S.ning noqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan qonuniy chora koʻrish soʻraldi.
Shu munosabat bilan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tegishli idoralar tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro M.S.ning noqonuniy xatti-harakatlari toʻgʻrisida olingan dastlabki maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topdi.
Holat yuzasidan joriy yilning 3-fevral kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudida mazkur ish koʻrib chiqildi.
Sud jarayonida M.S. va D.Yu. aybiga iqror ekanliklari, mazkur noqonuniy xatti-harakatlarni avvaldan til biriktirgan holda amalga oshirganliklariga iqror boʻlib, hozirda qilmishidan pushaymonligini bildirib oʻtishdi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining qarori bilan fuqarolar M.S. va D.Yu. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 197-5-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, tegishli jazo tayinlandi.
Shu munosabat bilan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi barcha yurtdoshlarimizdan oʻzini Agentlik xodimi sifatida tanishtirib, biror narsa tama qiluvchi, xizmat buyuruvchi yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshiruvchi fuqarolarga duch kelganda Agentlikning 71 202 04 00 (715) telefon raqami orqali holat haqida zudlik bilan xabar berishlarini soʻraydi.