▪️huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron maʼlumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga oid maʼlumotlarni olish;
▪️tadqiqotlar va maʼmuriy surishtiruvlar oʻtkazish hamda tahliliy materiallar tayyorlash boʻyicha qoʻshma ishchi guruhlarini tuzish;
▪️huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat ishini qoʻzgʻatish yoki boshqa taʼsir choralarini koʻrish uchun korrupsiya faktlari toʻgʻrisidagi xabarlarni yuborish va ushbu xabarlarni tekshirish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisida maʼlumotni talab qilib olish;
▪️ommaviy rezonans va muhokamalar, yaʼni jamiyatning maʼlum bir hodisaga boʻlgan hissiy munosabati, jamoatchilik eʼtiborini tortgan va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar boʻyicha ishni koʻrib chiqayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda matbuot anjumanlarini oʻtkazish;
Agentlikning huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlar borasida jamoatchilikni xabardor qilishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:
▪️ommaviy rezonans va muhokamalar, yaʼni jamiyatning maʼlum bir hodisaga boʻlgan hissiy munosabati, jamoatchilik eʼtiborini tortgan va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar aks etgan xabarlar boʻyicha – oʻn kun muddatda;
▪️boshqa korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklar toʻgʻrisida – hamkor organlar bilan kelishuvga koʻra har chorak yoki yarim yillik yakunlari boʻyicha;
▪️korrupsiyaga oid jinoyatchilik holati, tendensiyalari, sodir boʻlish sabab va shart-sharoitlari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida – yil yakuni boʻyicha.
Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga koʻra:
Agentlik jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, ommaviy axborot vositalarining xabarlarini oʻrganish asosida, shuningdek, oʻz tashabbusi bilan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasini tashkil etishga haqli etib belgilandi.