Qayd etilishicha, ikki idora rahbarlarining ilk muloqoti 2024-yil noyabr oyida Qatarning Doha shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkiloti(IHT)ning Korrupsiyaga qarshi kurashish organlari ikkinchi vazirlar yigʻilishi doirasida tashkil etilgan edi.
Uchrashuv mobaynida Mazin Al Kaxmus davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan sohada amalga oshirilayotgan muhim chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Oʻz navbatida, Agentlik direktori Akmal Burxanov mamlakatimiz aksilkorrupsiya islohotlari rivojida xalqaro aloqalarning ahamiyatiga urgʻu berib, xususan, Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik yangi mexanizmlarni joriy etishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.
Uchrashuv doirasida Agentlik va Nazaha oʻrtasida oʻzaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
Shuningdek, oʻzaro tajriba almashish, ikki idora xodimlarining salohiyati va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlar, stajirovka hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish kabi yoʻnalishlarda muhim kelishuvlarga erishildi.
Maʼlumot uchun: Saudiya Arabistoni Podshohligida Nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish idorasi (sobiq Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi) 2011-yilda tashkil etilgan.