«Bu albatta yaxshi! Shu bilan birga, mahsulotlarimiz raqobatdoshligini yanada oshirish uchun texnik tartibga solish sohasini yangi bosqichga olib chiqamiz. Buning uchun “Davlat nazorati” tizimidan xalqaro tajribada yuqori samara bergan “Bozor nazorati” tizimiga oʻtamiz», – dedi Prezidentimiz.
Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar ragʻbatlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi.
Ana shunday islohotlar orqali kelgusi besh yilda sanoatda mehnat unumdorligi 30 ming dollarga yetkaziladi, 1 ming dollarlik qoʻshilgan qiymat yaratishga ketadigan energiya sarfi 1,5 barobar kamaytiriladi.