Joriy yil oxirida Qatarda futbol boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlishidan xabaringiz bor, albatta. Kecha ushbu toʻrt yillikning eng yirik musobaqasida ishtirok etadigan soʻnggi jamoa aniqlandi. Dohada tashkil etilgan bahsda KONKAKAF vakili Rosta-Rika Okeaniya mintaqasi gʻolibi Yangi Zelandiya jamoasi bilan uchrashdi.

Oʻyinning uchinchi daqiqasida Kosta-Rika futbolchisi Kempbell raqiblar darvozasini ishgʻol qildi va 1:0 hisobi oʻyin oxirigacha oʻzgarmadi. Shunday qilib, kosta-rikaliklar chempionatning soʻnggi ishtirokchisiga aylandi.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, Kosta-Rikada bu oʻyinga juda katta eʼtibor berildi. Mamlakat prezidenti Rodrigo Chaves tushlik vaqtini uzaytirib, matchni tomosha qilish imkonini beruvchi farmon chiqardi va davlat xizmatchilari ish vaqtida oʻyinni tomosha qildi.