Krasnoyarskdan Toshkentga charter reyslar parvozi yoʻlga qoʻyiladi

    Transport 24 Oktabr 2020 648

    2020-yil 8-noyabrda Krasnoyarskdan Toshkentga charter qatnov amalga oshiriladi.

    Jadval va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning https://www.uzairways.com/uz/press-center/news/krasnoyarsk-toshkent-charter-qatnovi saytida tanishishingiz mumkin.

    Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga havo qatnoviga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (qatnov joʻnashidan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi. PZR maʼlumotnomasiga ega boʻlmagan yoʻlovchilar parvozga qoʻyilmaydi.

    Aviachiptalarni yoʻlovchilar aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, “Uzbekistan airways” AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki oʻz mintaqasidagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin, deb xabar beradi “Uzbekistan airways” AJ matbuot xizmati.