Maʼlum boʻlishicha, “K.” MCHJ rahbari A.J. va boshqalar bank muassasasiga naslli quyonchilikni rivojlantirish mazmunida biznes loyiha taqdim qilib, ushbu loyihaga asosan ajratilgan 700 mln soʻm kreditning 600 mln soʻmini “I.” MCHJ hisob-raqamiga quyon sotib olish uchun oʻtkazib, amalda kredit mablagʻini naqdlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.