Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” gi Qonunning 23, 86-moddalariga asosan qaror qabul qilingan va nusxasi taraflarga yuborilgan.
Biroq, qarzdorlar tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli undirish qoʻshimcha qarzdorlarning garovga qoʻyilgan 4 ta Neksiya, 1 ta Kobalt va 1 ta Spark rusumli avtotransportlariga qaratiladi va belgilangan tartibda xatlanadi.
Garovdagi avtotransportlar belgilangan tartibda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdolar orqali sotuvga qoʻyilib, tushgan pul mablagʻlardan 256.440.000 soʻm kredit qarzdorligi, 12.256.440 soʻm davlat boji, 6.123.800 ijro yigʻimi uchun yoʻnaltirildi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.
Zaylobiddin Alisherov,
MIB Namangan tuman boʻlimi davlat ijrochisi