Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro A.X.ga kuchli taʼsir qiluvchi “Zardeks” nomli dori vositasini 50 donasini 2,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, Departamentning Bektemir tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida “Roxat” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.D. va U.Yu. oʻtkazish maqsadida 10 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini saqlab kelayotganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.