Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Doʻstlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro P.O.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi. Shundan soʻng ushbu fuqaro qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Natijada, uning bel qismiga skotch yordamida oʻrab joylashtirilgan, deklaratsiyada qayd etilmagan va bojxonachilarning ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan jami 60 dona “Tropikamid 10 ml” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Bu haqida Davlat bojxona qoʻmitasi xabar bermoqda.