Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Fargʻona shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar U.X., J.S. va D.Q. oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaroga 4 956 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 3 540 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.