Energetika vazirligi axborot xizmati taʼkidlashicha, buning oqibatida Beshariq, Dangʻara va Oʻzbekiston tumanlari isteʼmolchilari qisman (7 ming 500 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomgʻir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraldi.