Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topshirigʻiga asosan, “Kuchlik neft bazasi” MCHJda avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish boshlangan edi.

“Kuchlik neft bazasi” MCHJning tayyor mahsulot parklarida neft mahsulotlarining hisobini olish avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ASKUNN)ni joriy etish toʻliq yakunlandi.

“Kuchlik neft bazasi”dagi sigʻimlarda tayyor neft mahsulotlar vertikal va gorizontal sigʻimlarga oʻrnatilgan zamonaviy programmalashtirish imkoni mavjud boʻlgan “Albatros“ AJ kompaniyasining boshqaruv kontrollerlari, shkaflari, sath, bosim, gidrostatik bosim, harorat oʻlchash asboblari oʻrnatildi.

Shundan soʻng, dispetcherlik xizmatiga onlayn rejimga chiqarildi va “Kuchlik neft bazasi” MCHJda avtomatlashtirilgan tizim joriy etildi.

Hozirda bu tizim orqali neft bazasidagi barcha maʼlumotlar “Oʻzbekneftgaz” AJ Markaziy dispetcherlik xizmati tizimiga onlayn rejimiga chiqarildi.

Taʼkidlash kerakki, avtomatlashtirilgan tizim oʻrnatilgani natijasida neft mahsulotlari hisobini yuritishda toʻliq aniqlikka erishildi.

Shuningdek, mahsulotlar sifatini yaxshilash va operativ boshqaruvda qulayliklarga erishish ham taʼminlandi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati