Energiya isteʼmoli eng koʻp boʻladigan bu kunda ayrim MDH mamlakatlarida energetika sohasi xodimlari kasb bayramini nishonlaydi. 22-dekabr Ukraina, Belarus, Qirgʻiziston, Rossiya, shuningdek, Oʻzbekistonda ham energetiklar bayrami, deb eʼlon qilingan.
Albatta energetiklar kasb bayrami atayin eng qisqa kun boʻladigan sanaga moslangan emas. Avvallari bu kun dekabrning uchinchi yakshanbasiga toʻgʻri kelar edi. Qozogʻistonda hozir ham shunday. Biroq 1980-yilda sana taʼsis etilgan qarorda bayram kuniga belgilangan. Shu sababli mazkur sana aynan 22-dekabr sifatida belgilangan. Buning tarixi esa 1920-yilning dekabrida GEOLRO rejasi qabul qilingani bilan bogʻliqdir.
Zuhra QARSHIYEVA