Hujjat Prezidentning 28.04.2021-yildagi “2021-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-5094-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan Kunlik mehnat markazining namunaviy tuzilmasi (keyingi oʻrinlarda – Namunaviy tuzilma) tasdiqlandi.

Maʼlumot uchun! Kunlik mehnat markazlarining (keyingi oʻrinlarda - Markazlarasosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • ish izlovchilarni roʻyxatga olishular toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini yuritishish beruvchi jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolarni vaqtincha ishlarga yollash boʻyicha buyurtmalar olish;
  • vaqtincha ishlarni bajaruvchi shaxslarning oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtishi va elektron (qogʻozshakldagi maʼlumotnoma olishiga shart-sharoit yaratish;
  • ish izlovchilarni korxona va tashkilotlardagi boʻsh (vakantish oʻrinlari bilan muntazam tanishtirib borish hamda doimiy ishga joylashishlariga koʻmaklashish;
  • vaqtincha ishlar bilan shugʻullanuvchi shaxslarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etishkasbga tayyorlash (qayta tayyorlash va malakasini oshirish)ni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
  • manfaatdor ish beruvchilar va ish izlovchilar ishtirokida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini tashkil qilish;
  • vaqtincha ishlar bilan shugʻullanuvchi shaxslarga mehnat qurollarishaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berish.

Belgilanishicha, Markazlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobida tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ikki oy muddatda hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, joylarda DXSH asosida Markazlarni tashkil etish choralarini koʻrish topshirildi.

Markazlarda ish beruvchi va ish izlovchilar uchun call-markazlar tashkil etish, ish izlovchilarni ish joylariga transportda olib borish va olib kelish xizmatlarini koʻrsatish, ularga yotoqxonalar, mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlarni ijaraga berish hamda ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari tashkil etilishi nazarda tutiladi.

Markazlarni joylashtirish uchun mavjud binolar tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlariga operativ boshqaruv huquqi asosida beriladi.

Markazning Namunaviy tuzilmasiga quyidagilar kiritildi:

  • tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorining oʻrinbosari – Kunlik mehnat markazi rahbari;
  • ishga joylashtirish boʻyicha mutaxassis – 2 nafar;
  • tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi xodimi – 1 nafar.

Markazlar mahalliy mehnat bozorida ayrim vaqtincha va bir martalik ishlarning mavsumiyligini hisobga olgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori bilan qoʻshimcha xodimlar bilan taʼminlanadi.

Markazlarga jamoat tartibini saqlash uchun tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlarining bir nafardan masʼul xodimi doimiy biriktiriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 1.07.2021-yildan kuchga kirdi.

Nargiza Vohidova.